Odoblar Xazinasi

Kitoblar Olami
Download Odoblar Xazinasi APK
Rating 4
Category Books&Reference
Package name com.sadirboyprogrammer.aladabalmufrad
Downloads 100+
Odoblar Xazinasi Description
1-bob. Ota-onaga e'tibor haqida

Janobi rabbil olaminning: "Biz Hamma insonni ota-onasiga yaxshilik qilishni
buyurdik" (29:8 ) degan oyati karimasi haqida.

1. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan qiladigan
amallarimizdan Alloh taologa eng sevimlisi qaysi, deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Farz
namozlarni o’z vaqtida o’tish", - dedilar. Men: "Undan keyin qaysi?" - desam, Rasululloh:
"Undan keyin Alloh taolo yo’lida jihod qilish", dedilar. Abdulloh ibn Mas'ud:
"Rasulullohdan men shularnigina so’radim. Agar savolimni davom ettiraversam,
Rasululloh (s.a.v.) hammasiga javob beraverardilar".

2. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Alloh taoloning rozi bo’lishi
otaning rozi bo’lishiga va uning g’azabi ham otaning g’azabiga bog’liqdir", dedilar .

2-bob. Onani rozi qilish haqida

3. Bahz ibn Hakim (r.a.) otasi va bobosidan rivoyat qildi, bobosi aytdi: "Rasulullohdan:
"Ey, Rasulalloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bo’ladi?" - deb so’radim. "Onangga",
dedilar. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham, Rasululloh: "Onangga",
deyaverdilar. To’rtinchi marotaba so’raganimda: "Otangga va yaqin bo’lgan
qarindoshlaringga", dedilar.

4. Ato ibn Yasor (r.a) aytdilar: "Abdulloh ibn Abbos (r.a.) oldilariga bir kishi kelib: "Men
bir xotinga sovchi yubordim. U meni qabul qilmay, boshqa bir kishiga tegib ketdi. Jaxlim
chiqib, u xotinni o’ldirgan edim. Endi nima qilsam Alloh taolo tavbamni qabul qiladi?" -
deb so’radi. Shunda Abdulloh: "Onang barhayotmi?" - deb so’radilar. U: "Yo’q, vafot
etganlar", degan edi, Abdulloh: "Unday bo’lsa Alloh taologa tavba qil va toqating boricha
toat-ibodat qilib, unga yaqin bo’lishga harakat qil", dedilar". Ato ibn Yasor aytdilar: "Men
Abdulloh ibn Abbosga borib, siz nima uchun u kishidan onang tirikmi, deb so’radingiz",
deganimda, u kishi Alloh taologa onani rozi qilishdek maqbulroq hech bir amal borligini
bilmayman. Shuning uchun onang tirikmi, deb so’ragan edim", dedilar". Ya'ni onasi tirik
bo’lib, bola haqida duo qilgan bo’lsa, odam o’ldirishdek katta gunoh bo’lsa ham, o’z fazlu
karami bilan avf qilishidan umid qilardim, demoqchi bo’lsa kerak.

3-bob ham "Ota-onaga yaxshshik va e'tibor", deb atalib, undagi 5-6-hadislarda aynan 1-
2-hadislardagi mazmun takrorlangan.

4-bob. Ota-ona zulm qilsa ham, ularga yaxshilik qilaverish haqida

7. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Qaysi bir musulmon farzandi savob
umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik
ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola
ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh taolo undan rozi
bo’lmaydi", dedilar.

Open up
Download APK for Android
Currently, Odoblar Xazinasi APK download is not available. Please proceed to download from the Google Play Store.
Google Play
Get from Play Store
1. Click "Get from Play Store
2. Download Odoblar Xazinasi from the Play Store
3. Launch and enjoy Odoblar Xazinasi
Odoblar Xazinasi APK FAQ

Is Odoblar Xazinasi safe for my device?

Open up

What is an XAPK file, and what should I do if the Odoblar Xazinasi I downloaded is an XAPK file?

Open up

Can I play Odoblar Xazinasi on my computer?

Open up