Qur'oni Karim tarjimasi Description
Ma'lumki, Qur'oni karim Alloh taolo tomonidan Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og'zaki nozil
qilingan. Islom dini ta'limotining asosiy manbalari (Qur'on, Sunnat, Ijmo', Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo''jizaligi ham uni arab tilida o'qib, fikr yuritgandagina
namoyon bo'ladi. Boshqa har qanday tilga o'girilganda Qur'on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta'sir o'z kuchini yo'qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug'atga boy bo'lmasin,
oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo'lmas haqiqat.

Open up